Get Mystery Box with random crypto!

Tanho Fikr - Qudratulloh!

Telegram kanalining logotibi tanhofikr — Tanho Fikr - Qudratulloh! T
Telegram kanalining logotibi tanhofikr — Tanho Fikr - Qudratulloh!
Kanal manzili: @tanhofikr
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-02-01 21:31:28 #eslatma
Boylik qancha ko'p topilgani bilan emas, qancha ko'p (xayrli ishlarga) sarflangani bilan maqtaladi.

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

@tanhofikr
25 views18:31
Ochish/sharhlash
2023-02-01 15:02:58 #eslatma

Biz tark qilganlarimizni G‘arbliklar kashf qilib, o‘zlarini bor qildilar.

Biz esa G‘arbliklar tark qilganlarini taqlid qila-qila o‘zimizni yo‘q bo‘lib ketish eshigiga sudrab bordik.

Yusuf Kaplan

@tanhofikr
26 viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:51:55 #savol
Sizningcha taqvoli boy va taqvoli kambag`aldan qaysi biri afzal va nima uchun?
12 viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2023-01-21 19:49:52
Hijobga kirmoqchi bo'lgan opa-singillarimiz uchun ajoyib maslahat.

Manba: TAQVO.UZ


@tanhofikr
37 viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2023-01-19 18:53:56
Ayol kim?

Ayol — erkak unga aziyat bermasligi va uning bir parchasi ekanini unutmasligi uchun erkak qovurg‘asidan yaralgan xilqat.

Ayol — erkak Jannatda yolg‘izlikdan ezilib yurgan vaqtda Alloh taolo unga tuhfa qilgan omonat.

Ayol — erkak xonadonining ko‘rki bo‘lgan onasi, singlisi va jufti haloli.

Ayol — "Niso", "Mujodala", "Nur", "Taloq" va "Maryam" surasi.

Ayol — ona bo‘lganida Jannat qadamlari ostida bo‘ladigan zot.

Ayol — Alloh taolo merosdagi erkak hissasining yarmini unga bergan ojiza. Tahqirlash uchun emas balki, ayolning barcha ishlarini erkak boshqarishi uchun.

Ayol — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqimda ummatlariga qarata: "Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman!" – degan beg‘ubor.

Ayol — Robbisi unga: "Ye, ich va ko‘zing quvonsin..." ( Maryam-26) - degan e’zoz.

Ayol — zeb-ziynatlar ichida parvarishlanadigani tuhfa.

Ayol — soliha bo‘lsa, mingta betavfiq erkakdan afzal bo‘ladigan shaffof shisha.

Manba: @sakinat

@tanhofikr
42 viewsedited  15:53
Ochish/sharhlash
2023-01-12 17:00:43
Ronaldudan O'zbekistonga alangali salom

@tanhofikr
12 viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-12 09:51:51 O'zgarish...

Agar o'zgarmoqchi bo'lsang o'zinga bir oyna top.

Oyna nima qiladi ? - Sen unga qanday munosabatda bo'lsang bo'l , u har doim haqiqatni ko'rsatadi.

Egrini to'g'ri , to'g'rini egri qilib ko'rsatmaydi.

Agar oynada biror kamchilik ko'rsang , nuqsonni faqat o'zingdan izla.

P.S.
Haqiqatni tan olish qiyin , lekin natijasi shirin bo'ladi IN SHAA ALLOH!!!

Telegram Instagram You Tube
12 views06:51
Ochish/sharhlash
2023-01-10 21:28:56 Assalomu alaykum

2023-yil sifatli ta'lim yili edi aaaa?

@tanhofikr
17 views18:28
Ochish/sharhlash
2023-01-09 21:47:46 ЯҚИНЛАРИНГ ЙИҒЛАТСА.

Яқинларинг йиғлатса,
Кўз ёшингни яширгин.
Битта яхшилик қилса,
Ўнта қўшиб оширгин.

Яқинларинг йиғлатса,
Ётдан ёруғлик кутма.
Сўнги йўлга кузатувчи,
Шу йиғлатган унутма.

Яқинларинг йиғлатса,
Қилма элга овоза.
Кабутар кўк қучса ҳам,
Қайтар жойи ховоза.

Яқинларинг йиғлатса,
Қўлларингни қўй кўзга.
Ҳа десалар, дегин толди,
Кўзим қараб юлдузга.

Яқинларинг йиғлатса,
Дема мени билмади.
Сен ким бўпсан абу лаҳаб,
Пайғамбарни билмади.

Яқинларинг йиғлатса,
Ғам чекма бу бор хисдир.
Қур'он ўқи бир пастда,
Қур'он таскин, мунисдир.

Бироқ шундай яшагин-ки,
Салом ўрнинг билинсин.
Ортингдан дуо қилиб,
Жаннатларни илинсин.


@tanhofikr
6 views18:47
Ochish/sharhlash
2023-01-07 21:03:13 Intizom nima?

Intizom — kechki payt qaysi vaqtda uxlashimizdan qatʼiy nazar, ertalab o‘z vaqtida uyg‘onish.

Intizom — do‘stlar bilan choyxonamiz vaqti o‘rganayotgan til kursimiz darsiga to‘g‘ri kelganda, darsni qoldirmaslik.

Intizom — biron yig‘inda ichishga Cola quyib berilsa, shifokorimiz yoki yaqinimiz tavsiya qilgan issiq choyni ichish.

Intizom — ishdan juda charchab uyga kelganligimizga qaramasdan, ota-onamiz, yaqinlarimiz bilan biroz bo‘lsa ham suhbatlashish.

Intizom sevimli serialimizni barcha epizodlarini ko‘rishga imkonimiz bo‘lsa ham, bir kunda bir qism tomosha qilish.

Intizom — vaqtimiz qanchalik kam, ishimiz ko‘p bo‘lsa ham, har kuni eng ozi 1 varoq kitob o‘qish.

Intizom — yetarlicha tajriba va bilim sohibi bo‘lgan holimizda, bizdan oldindagi shaxslarni sukut bilan tinglash.

Manba: @abdulloh_shamsiddin

@tanhofikr
13 viewsedited  18:03
Ochish/sharhlash