Sizniki emas Yoshi kattaroq mijozimiz bilan uzoq gaplashib qo | Tanho Fikr - Qudratulloh!
Sizniki emas
Yoshi kattaroq mijozimiz bilan uzoq gaplashib qoldim. 6 yil ichida qanday qilib 10 mln$ lik mulk va pullarilarini yo’qotib, qarzdor ham bo’lib qolganini gapirib berdi.
Yoshligida tanigan 100ta boydan hozirda faqat 4 tasi holati yaxshiligini, qolganlar orqaga ketganini ham aytdi.
Eshitib turib, o’qigan narsamni hayotda tasdig’ini ko’rdim:
Sizdan olib qo’ysa bo’ladigan narsa sizniki emas.
Bankdagi pulingiz sizniki emas, nomingizda turgan mulk sizniki emas, uyingizda naqd turgani ham. Hammasini bir kunda yo’qotish mumkin.
Haqiqiy boylik xohlasangiz - Olib qo'yilishi oson emas, o’ta qiyin bo’lgan narsalarni yig’ishga intiling:
Ilm, sog’liq, tajriba, munosabatlar.
Ortidan rizq bo’lib keladigan boshqa narsalar (pul, mashina, uy, mulk) - faqat bonus. Kelsa yaxshi, kelmasa ham hech qisi yo'q.
Manba:@azizrakhimov_blog
@tanhofikr