Get Mystery Box with random crypto!

“Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi, lekin | OLIY TAʼLIM

“Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi, lekin bu adolatsiz imtiyozni oqlashga asos bo‘lmaydi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish boshlanar ekan.

Umuman olganda bu yaxshi qaror, jinsiy diskriminatsiyaning oldi olinadi. Hozircha faqat Toshkentda qabul qilinar ekan, balki kelgusida hududlarda ham qabul qilish boshlanar.

Ammo muhim jihati bor: bu o‘zgarish "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni oqlash uchun asos bo‘lmaydi. Agar mutasaddilar "Mana, endi qizlarni ham oladigan bo‘ldik, shu bilan imtiyozlarni adolatli qildik" deb o‘ylayotgan bo‘lsa, qattiq adashadi.

Ball qo‘shib berish shaklidagi adolatsiz imtiyoz haligacha adolatsizligicha turibdi.

Umid qilamanki, Hukumat va harbiy soha tepasidagi rahbarlar "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni qayta ko‘rib chiqadi va bu xato qarorni tez orada to‘g‘rilaydi. Chunki bu holat davom etaversa, yildan yilga jamiyat orasida harbiylar imijini diskreditatsiya qiladi, odamlarda "Temurbeklar maktabi"ga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Masʼullar tezroq xatoni to‘g‘rilab, buning oldini olishi kerak.

Mayli, imtiyoz bermoqchi bo‘lishsa, boshqacharoq shaklda berishsin, ammo zinhor ball qo‘shib berish shaklida emas.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM