Get Mystery Box with random crypto!

Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha ? | OLIY TAʼLIM

Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha ?

Umumta’lim maktablarida maosh oyligi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi:

Direktor:
3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi);
4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi);
4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq).

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi);
3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi);
4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq)

Oʻqituvchilar:
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi
– 2 mln 575 ming 884 soʻm;
Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm;
Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm;
Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm;
Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm.

Psixologlarning maoshi:
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m;
O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m;
Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m;
Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m;
Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m.

Kutubxonachilarning maoshi:
Kutubxona mudiri:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m.
Kutubxonachi:
O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m;
Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m.

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm.

Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM