Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan s | OLIY TAʼLIM

Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutiladi:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiya ajratish;

Amaliyotni davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga muvofiq amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshirish;

Davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashish.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM