Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning birinchi | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot o‘tashadi!

Massachusetts texnologiya instituti J-WEL va “Yangi O‘zbekiston” universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Endilikda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Bunda, talabalar MIT professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan darslarda ishtirok etishlari, ilmiy tadqiqotlar olib borishlari, o‘z loyihalarini yanada rivojlantirishlari va MIT laboratoriyalarida eksperimentlar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Loyihaning yana bir afzalligi shundaki, talabalar MITda tahsil oladigan tengdoshlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, doimiy tajriba almashib borishadi.

Dunyoning eng yetakchi universiteti tajribasiga ega bo‘lish talabalarimizning kelajakda eng kuchlilar qatorida bo‘lishini ta'minlaydi.

@newuzbekistanuniversity