Get Mystery Box with random crypto!

​O‘quvchilarni davomat qilish tartibi o‘zgardi Endi maktab | Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

O‘quvchilarni davomat qilish tartibi o‘zgardi

Endi maktab o‘quvchilarini davomat qilishda Milliy gvardiya ham qatnashadi. Bunga oid qo‘shma qaror imzolandi.

Unga ko‘ra:

har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma'muriy chora ko‘riladi.

@talimuz