Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Makon | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talimmakon — Ta'lim Makon | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talimmakon — Ta'lim Makon | Rasmiy
Kanal manzili: @talimmakon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 911
Kanalning ta’rifi

Ushbu sahifada ta'lim yangiliklari haqida tezkor xabarlar berib boriladi
Rasmiy kanal: @TalimMakon
Rasmiy guruh: @TalimMakonChat
Murojaat: @TalimMakonBot
☆ kanaldan ma'lumot olinganda manba ko‘rsatilsin!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-07-06 15:21:54 #Qabul2022
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
751 viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:21:54 #Qabul2022
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
797 viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:19:43 #Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
900 views12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:19:09
#Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
1.0K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:30:34
#Qabul2022
#akademik_litsey

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
1.2K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:25:44 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Kanalga ulanish:

@TalimMakon
1.4K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:20:53 Kim bosmagan bo‘lsa bosib keyin SCREENSHOT olib,
@bekorchibiz lichkamga tashlang.
100% yordam beraman.


Qo‘llab-quvvatlab turingizlar. 4000 dan ziyod obunachilar bor lekin 100 ta ham like bosilmagan. Yordam qilingizlar albatta qaytaraman.

100 ta like bo‘lsin. Tezlashamiz
.
1.5K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:52:12 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 5-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 320 424 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 184 871 nafar (58 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 135 553 nafar (42 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 185 359 nafar. Shundan:

101 969 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
83 390 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 22 522 nafar.
Samarqand viloyati — 22 030 nafar.
Farg‘ona viloyati — 18 129 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 17 667 nafar.
Andijon viloyati — 16 259 nafar.
Toshkent shahri — 15 576 nafar.
Surxondaryo viloyati — 14 895 nafar.
Namangan viloyati — 11 549 nafar.
Buxoro viloyati — 9 690 nafar.
Jizzax viloyati — 9 411 nafar.
Xorazm viloyati — 8 095 nafar.
Navoiy viloyati — 7 914 nafar.
Sirdaryo viloyati — 7 723 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 411 nafar.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon
1.5K views14:52
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:13:50
Do‘stlar Xushnudbek aka Buncheon universiteti haqida video joylabdi. O'sha videoga fikr bildirgandim.

Soatov Abdulla nomidagi bildirgan fikrimga kirib like bosib chiqingizlar katta yordam bergan bo'lardingiz.

Video ssilkasi bu yerda:



Agar tanlovda yutib chiqsam. Eng past kirish ballari bor universiteti yoki institutlarni yozib qoldiraman.
976 views13:13
Ochish/sharhlash