Get Mystery Box with random crypto!

72 563 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan Bakalavri | Ta'lim Makon | Rasmiy

72 563 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga joriy yilgi kirish test sinovlarida 1 074 181 nafar abituriyent ishtirok etgan. Roʻyxatdan oʻtgan 72 563 nafari esa ishtirok etmagan.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Chetlashtirish holatlarining aksariyati taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish bilan bogʻliq.

Abituriyent oʻrniga boshqa shaxslarning kirishiga urinish holatlari ham aniqlangan.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4 ta) kuzatilgan.

Kanalga ulanish:
@TalimMakon