Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! | Ta'lim Makon | Rasmiy

#Qabul2022
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda javob olish uchun viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, Davlat test markaziga murojaat qilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Davlat test markazining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlarimiz tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar berilmoqda.

Shu sababli Toshkent shahriga kelmasdan o‘z yashash hududingizdagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga murojaat qilgan holda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Davlat test markazining hududiy bo‘limlari: https://dtm.uz/page/representatives

Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin - deyiladi. DTM xabarida


Kanalga ulanish:
@TalimMakon