Get Mystery Box with random crypto!

​​ O‘quvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi: | Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

​​ O‘quvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

— Taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil
taqinchoqlar taqishi;

— O‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni (bulling) ko‘rsatishi;

— Qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

— Dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

— Taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli bo‘lmagan
maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ‘ib etishi;

— Taʼlim muassasasi hududida tug‘ilgan kun, O‘zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

@TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali