Get Mystery Box with random crypto!

#Xususiy_oliygohlar Qashqadaryoda 'Qarshi xalqaro tibbiyot | Ta'limga oid (Perevod)

#Xususiy_oliygohlar

Qashqadaryoda "Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti" nodavlat oliygohi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining "Qarshi xalqaro tibbiyot universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda "DR BOBOEV HEALH CENTER" MCHJ (O‘zbekiston) va Neo Institute of Medical Sciences and Technology (Hindiston), Istanbul Sog‘lik bilimlari universiteti (Turkiya)ning Qarshi shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qarshi xalqaro tibbiyot universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi. 2022/2023-o‘quv yili uchun universitetga bakalavriat dasturi bo‘yicha:
«Davolash ishi»,
«Pediatriya ishi»,
«Stomatologiya»,
«Farmasiya ishi» ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-shartnoma asosida 400 kishi qabul qilinadi.

Bakalavriatni tamomlagan talabalar Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari tanqis bo‘lgan tibbiyot muassasalarida besh yil ishlab berishi majburiy hisoblanadi.

Universitet o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra, mahalliy va xorijiy fuqarolarni to‘lov-shartnoma shartlari asosida o‘qishga qabul qilishi mumkin.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
 
O‘qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod