Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid

Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid
Kanal manzili: @talimgaoid
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.67K
Kanalning ta’rifi

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-05 20:26:31 Qaysi yo'nalishga o'qishga kirsangiz endi shuni bitirishga majbursiz!

Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga diqqatiga!

Viloyatlararo hamda oliygohlararo o'qishni ko'chirish tartibi bekor qilindi. Endilikda siz (farzandingiz) abituriyent sifatida qaysi ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirsa, ana o'sha yo'nalishni bitirishga majbur. Hujjat topshirishda shu yo'nalishga bitirishga mahkum ekanligingizni unutmagan holatda yo'nalish tanlang.

Boshqa viloyatga kirib qolsangiz ham o'sha viloyatda kamida 4 yil o'qishga majbursiz, o'qishingizni ko'chira olmaysiz. Boshqa yo'nalishga kirib qolsangiz ham huddi shunday.

Bali past yo'nalishga kirib olaveray, keyin perevod qilib olaveraman degan xom-hayollarga berilgan. Endi "perevod" yo'q. Shunday ekan farzandingiz yoki yaqinlaringiz hujjat topshirayotgani yaxshilab o'ylab ish tutishlarini maslahat bering.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.3K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:02:14 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazir A.Toshqulov aytgan davr keldi

Bir ko'rsatuvda vazir A.Toshqulov aytgan edi-ki, "shunday vaqtlar keladi, oliy ta'lim abituriyentlar uchun o'zini reklama qila boshlaydi, ko'chadagi bannerlarda oliygohlar reklamasini ko'rasiz".

Men mana shu jarayonlarning guvohi bo'lyapman. Faqat xususiy oliygoh emas, aynan davlat oliygohlari endi abituriyentlarni chorlash uchun reklamalar qila boshlashdi. Bu vazir aytgan islohotlarning samara bera boshlaganidan dalolat.

Viloyat va OTMlararo o'qishni ko'chirish tartibining bekor qilinishi hamda oliygohlarga moliyaviy mustaqillik berish orqali kvotalarni mustaqil belgilash jarayoni bir-biriga uzviy bog'liq. Bundan keyin oliygohlardagi keraksiz yo'nalishlar yo'qolib boradi hamda jamiyat talab qilayotgan ta'lim yo'nalishlarinigina o'zi qoladi.

Yaqin 3-4 yilga bormasdanoq oliygohlar abituriyentlarni o'qishga imtihonsiz qabul qilishni boshlashadi. Balki bu ertaroq ro'y berishi ham mumkin. Vazirning islohotlari amalda juda tez effect beryapti.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:

@Talimgaoid
11.0K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2022-07-05 10:24:31
Nimadir g'alati tuyulmayaptimi sizlargayam

@Talimgaoid
2.9K views07:24
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:33:18
#Qabul2022
#magistratura

Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.

Ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz
1.9K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-07-04 20:14:36
#Qabul_2022

Namangan davlat chet tillari institutining qabul kvotasi

Joriy yilda tashkil etilgan Is'hoqxon To'ra Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bakalavriat va magistratura mutaxasisliklari bo'yicha qabul jarayonlarini boshlagan. (Rasmda ko'rishingiz mumkin) 5 ta yo'nalish tanlayotganingizda ushbu oliygohni ham tanlashni tavsiya qilamiz. Odatda yangi ochilgan OTMlarda birinchi yili o'tish bali nisbatan pastroq bo'ladi. Bu esa talaba bo'lish ehtimolingizni oshiradi.

Oliygohning “Call-markaz”i

+99869-2395003
+99869-2288523

“Call-markaz”ning ish vaqti: dushanbadan shanbagacha - soat 8:00 dan 18:00 gacha;

tushlik - soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.4K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:40:18 #Qabul_2022

10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:25:25
Kech qabul qilingan to'g'ri qaror - noto'g'ri qaror hisoblanadi.

Perevodga joy band qilish uchun 30% lik chegirma tugashiga 11 kun qoldi.Shoshiling!

Joy band qilish orqali nimalarga ega bo'lasiz

Kompaniya to'lovidan 30% lik chegirma
Davlat oliygohlariga imtihon topshirish imkoniyati
Davlat oliygohi talabasi bo'lsangiz pulingiz qaytarib berilishi(shartnomada ko'rsatilgan)
Xususiy OTM larni qabul boshlangan paytda o'zgartirish, ixtiyoriy tanlash imkoniyati

Kompaniya haqida batafsil https://linkfly.to/perevodconsult

Ro'yxatdan o'tish uchun ustiga bosing
1.7K views09:25
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:26:44
#Xususiy_oliygohlar

Namanganda ochilgan "Turan international university" qabul jarayonlarini boshladi

Namangan shahrida tashkil etilgan "Turon" xususiy oliygohi abituriyentlar uchun quyidagi yo'nalishlarga qabul jarayonlarini boshladi.

● BAKALAVRIAT:
1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Maktabgacha ta’lim
3. Ingliz tili va adabiyoti
4. Rus tili (o‘zga tilli guruhlarda)
5. Buxgalteriya hisobi va audit
6. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
7. Xalqaro aloqalar
8. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
9. Axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot
10. Marketing
11. Turizm
12. Logistika

MAGISTRATURA
1. Moliya
2. Iqtisodiyot
3. Rus tili va adabiyoti
4. Lingvistika (ingliz tili)

Ta’lim shakllari:
○ Kunduzgi ○ Sirtqi ○ Kechki

Manzil: Namangan shahar, Q.Mamarasulov ko‘chasi, 10-uy

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
3.0K views12:26
Ochish/sharhlash