Get Mystery Box with random crypto!

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich tala | Ta'limga oid

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Talabalarni ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik o‘qitish qiymatlari miqdorlari quyidagicha:

Yuklab olish

Manba: eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid