Get Mystery Box with random crypto!

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligid | Ta’lim yangiliklari

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand, Buxoro va hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida maktablarning raqamlashtirish jarayonlarini o’rganmoqda.

Ishchi guruh tomonidan maktablarning internet tarmog‘iga ulanganligi, kompyuter xonalarining holatlari, moddiy-texnik bazasining mavjudligi, kompyuterda ta’lim resurslardan foydalanish holati, informatika fani o‘qituvchilarining salohiyati hamda ularning internet tarmog‘idan foydalanish samaradorligi o’rganilmoqda.

Aksariyat maktablar yuqori tezlikdagi internet tarmog’i va zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlangan bo’lsada, yaratilgan imkoniyatlardan samarasiz foydalanish va mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari aniqlanmoqda.

Har bir hududdagi informatika fani o'qituvchilari va AKT bo'limi hodimlari uchun video muloqot tashkillashtirilib, joylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan respublikaning barcha hududlarida maktablardagi raqamlashtirish jarayonlarini o’rganishda davom etadi.