Get Mystery Box with random crypto!

3 nafar eng munosib informatika fani o’qituvchilarini 10 milli | Ta’lim yangiliklari

3 nafar eng munosib informatika fani o’qituvchilarini 10 million so’mdan mukofot kutmoqda!

"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi
doirasida informatika o'qituvchilarini rag'batlantirish, yangi IT-ta'lim dasturlarini chuqur o'zlashtirishlariga ko'mak berish maqsadida "NanoDegree" dasturi bo'yicha tanlov e'lon qilinmoqda.

Tanlov shartlari:

Joriy yilning 22-24-noyabr kunlari "NanoDegree" imtihoni bo'lib o'tishi haqida o’quvchilar orasida targ’ibot ishlarini olib borish;
OMUC (https://uzbekcoders.uz/) sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o’quvchilar shaxsiy kabinetida "NanoDegree" imtihonida qatnashishlari uchun maxsus havola orqali ro'yxatdan o’tishlarini nazorat qilish;
"NanoDegree" dasturiga eng ko‘p o'quvchilarni jalb qilishingiz kerak bo’ladi.

Diqqat!
Tanlov imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 17-noyabrgacha amalga oshirilishi lozim.