Get Mystery Box with random crypto!

#seminar Xalq ta'limi vazirligining elektron ta’lim resurslari | Ta’lim yangiliklari

#seminar
Xalq ta'limi vazirligining elektron ta’lim resurslari samarali foydalanish bo'yicha seminar o'tkazildi
Xalq ta’limi vazirligining №04-558-sonli xati va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 02-02/2-137-sonli xatiga asosan Chirchiq shahridagi umumta’lim maktablarida ta’lim platformalaridan samarali foydalanish hamda ularni targ'iboti bo‘yicha joriy yilning 23-avgust kuni 5-maktabda shahar XTB AKT sho‘basi bosh mutaxassisi A.Qambarov ishtirokida barcha umumta’lim maktablarining Informatika va AT fani o‘qituvchilariga seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida o‘qituvchilarga quyidagi elektron kontentlar:
bilimland.uz
maktab.uz
kitob.uz
idea.uzedu.uz
code.org
artshop.uzedu.uz
uzbekcoders.uz
code.org
haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Seminar-trening yakunida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga sentabr oyida o‘z maktablarida barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga yuqoridagi elektron kontentlar bo‘yicha seminar tashkil etish vazifasi berildi.

@chirchiq_sh_xtb