Get Mystery Box with random crypto!

7-sentabrdan yashil hududlardagi, 14-sentabrdan barcha hududla | Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

7-sentabrdan yashil hududlardagi, 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi

Bugun bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi
. Videoselektor yigʻilishida quyidagi topshiriqlar berildi:

7-sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;

14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurishmaydi;

Viloyat hokimliklari tomonidan 10-sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillanadi);

Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi;

Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;

Maktablarning turar joyida qoladigan o‘quvchilarning (IDUMI) oziq ovqatlari, albatta, Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorati ostida bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim