Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonga formada borish kerakmi? Kirish imtihonlari yaqinla | Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

Imtihonga formada borish kerakmi?

Kirish imtihonlari yaqinlashayotgani sari abituriyentlardan savollar kelib tushmoqda. Jumladan, forma masalasi. Imtihonga formada borish kerakmi? Bu savolga Davlat test markazi matbuot xizmatidan ma'lumot oldik.

Ma'lum bo'lishicha, imtihonga aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay kiyimda borishi mumkin. Lekin bu degani istagan kiyimini kiyib borishi mumkin, degani ham emas. Ya'ni ahloq-odob qoidalari doirasidagi kiyimda borishi maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, imtihonga qizlar ro'molda borishiga hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas, deb aytmoqda DTM matbuot xizmati rahbari Orzuqul Boboyev.

Demak, imtihon kuni o'zingizni qulay va erkin his qiladigan kiyimda boring.

@talim_yangiliklari_mv