Get Mystery Box with random crypto!

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish | Ta'lim yangiliklari ( Rasmiy )

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo‘yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin

2020/2021 o‘quv yili va imtihonlar tashkil etilishi bilan bog‘liq mavzularda AOKA shtabiga aholidan kelib tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning javoblari:


Kirish imtihonlari barvaqt bo‘lsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Abituriyentlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yilsa bo‘lmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi o‘sha kuni...

Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan ob’yektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

Tezda barcha abituryentlar, òqituvchilar va ota onalarga tarqating
@talim_yangiliklari_mv