Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal✅

Telegram kanalining logotibi talim_yangiliklari24 — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal✅ T
Telegram kanalining logotibi talim_yangiliklari24 — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal✅
Kanal manzili: @talim_yangiliklari24
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 120
Kanalning ta’rifi

✅ Abituriyentlar, OTM talabalari va o‘qituvchi murabbiylar uchun qulay ommabop kanal.
✅ Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.
📤 Savol, taklif va reklama uchun: @DadakhanovOfficial
Bot: @Talim_Yangiliklar_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-09-09 18:11:42 «Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Test natijalari chiqishni boshlagach, abituriyentlardan qo‘shimcha kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqida savollar ko‘paydi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev qo‘shimcha kontrakt haqidagi ayrim savollarga javob berib o'tdi:

• Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

• Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

• Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

• Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

• Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

•1-toifa

Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar (masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

• Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

• Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

• Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

• Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

@Oltin_Davr_Oquv_Markazi
724 views#Dadakhanov_, 15:11
Ochish/sharhlash
2020-09-08 18:34:13 Diqqat savol:

2013-yilda turk jamoatchiligi Lego kompaniyasining suratdagi ishlab chiqilgan to‘plamini savdodan olishni va qayta ishlab chiqarmaslikni talab qilib chiqishadi. Bunga sabab esa "Yulduzlar jangi" filmidagi yovuz qahramon Djabba Xattaning saroyi unga o‘xshatib yasalgani edi.
Diqqat savol: Aytingchi jamoatchilik nega norozi bo‘lgan?

Javob uchun: @DadakhanovOfficial
671 views#Dadakhanov_, 15:34
Ochish/sharhlash
2020-09-08 16:39:10 Javob: Qo‘lansa hidi bo‘ladi.

Birinchi javob: Dilfuza

@talim_yangiliklari24
625 views#Dadakhanov_, edited  13:39
Ochish/sharhlash
2020-09-08 09:22:51 Diqqat savol:

Meksikadan tayyorlanadigan niqoblar ekologik jihatdan xavfsiz mahsulot, chunki ularni hayvon terisi va yungi, yog‘och po‘stlog‘i va suyaklardan tayyorlashadi. Ammo shunga qaramasdan ularning bir kamchiligi bor.
Diqqat savol: Kamchiligi nimada ekanligini topib bering!

Javob uchun: @DadakhanovOfficial

@talim_yangiliklari24
737 views#Dadakhanov_, 06:22
Ochish/sharhlash
2020-09-06 04:00:19
731 views#Dadakhanov_, 01:00
Ochish/sharhlash
2020-09-06 03:57:32 Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal pinned «Kecha imtihonga #tushgan savollar: 1. Navoiy haqidagi fikrlar muallifini toping. Forschada foniy taxallusida she'rlar bitibdur degan gap berilgan. 2.Chinor romani haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. 3. O‘tkir Hoshimovni qissalarini toping 4. Avaz O‘tarni she'rlarini…»
00:57
Ochish/sharhlash
2020-09-06 03:57:25 Kecha imtihonga #tushgan savollar:

1. Navoiy haqidagi fikrlar muallifini toping. Forschada foniy taxallusida she'rlar bitibdur degan gap berilgan.
2.Chinor romani haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
3. O‘tkir Hoshimovni qissalarini toping
4. Avaz O‘tarni she'rlarini toping
5. Temir xotin kamediyasidagi quyidagi fikrlar kimga tegishli degan savol bor. Gapi esimda qolmadi.
6. Qaysi misrada husni ta'lil san'ati qo‘llangan.
7. Sergey Yesininning Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan she'ri haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
8. Mirzo Ulug‘bek asarida Abdulatif kimlarni oltin javohirlarni topish un zindonga solib qiynaydi.
9. Er bn birga o‘lmoq saodatli sharafdir. Qaysi asarda uchraydi.
10. Turg‘unboy obrazi qaysi asardan. Uloqda hikoyasidan tushdi
11.Dunyoning ishlaridan tushdi. Bolasini davolataman deb oyog‘ini sovuq urgan obraz qaysi asarda deb.
12. Ona tilidan. Gap tarkibida ot yasovchi qo‘shimchalar haqidagi to‘g‘ri fikrni toping
13. Xato yozilgan so‘zni toping. Tuxva . Tasbex
14. To‘g‘ri yozilgan so‘zlarni toping. Husnixat . Xilqat. Hisob.
15. Qaysi qatorda Ergashgan qo‘shma gapning ergash gap qismidagi gap bo‘laklari joylashuviga mos keladigan chizma berilgan.
16. Qaysi qatordagi shakldosh qo‘shimchalar bir gapda so‘z yasovchi bir gapda lug‘aviy shakl yasovchi.
17.Quyidagi gapdagi fe'llar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
18. Qaysi fikrlar Rustamxon dostoni haqida
19. Qaysi gapda uslubiy xoslangan egalik qo‘shimchasi qatnashgan.
20. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida tovush o‘zgarishiga uchraydigan tub so‘zlar berilgan.
21. Qaysi gapda ayiruv bog‘lovchisi uyushiq so‘zlarni bog‘lagan.
22. Qaysi qatorda ko‘makchi yordamida hosil qilingan fe'lli birikmalar berilgan.
23. Gap berilib gap haqidagi tog‘ri ma'lumotni toping deyilgan. Shaxsi ma'lum gap degan variant to‘g‘ri edi.
24. Matn berilgan va oxirida 3 ta savol matndan .
25. Ushbu matnda nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zni toping.
26. Ushbu matnga mos keladigan maqolni toping.
27. Ushbu matn xulosasiga to‘g‘ri keladigan fikrlarni toping. Alqissa kishilarning haqqini ......shu tarzda berilgan. Xo‘ja va cho‘pon haqidagi matn. Xo‘ja doim sigirlarini sutiga suv qo‘shib sotar edi . Kunlardan Bir kuni mollari suvga oqib ketadi. Shu tarzdagi matn.
959 views#Dadakhanov_, 00:57
Ochish/sharhlash
2020-09-02 08:35:12 Британиядаги мактаб ўқувчиларига йўталиш ва аксириш тақиқланди
September 2, 2020 by Таълим / Образование
Пандемия сабабли Буюк Британиянинг мактабларида бир қатор ноодатий тақиқлар жорий этилди. Хусусан, баъзи таълим муассасаларида ҳазил сифатида йўталиш ва аксириш тақиқланди. Агар ўқувчи қоидани бузса дарсдан чиқариб юборилади. Коронавирус ҳақида ҳазиллар ҳам тақиқланган.
Ҳожатхонага киришнинг ҳам янги қоидалари жорий этилди. Масалан, Дерби мактабларидан бирида ҳар бир синф ўз ҳожатхонасига эга ва «бошқаларнинг» ҳожатхоналарига кириш жиддий жиноят сифатида қабул қилинадиган бўлди.
Кўплаб британиялик талабалар кун бўйи бир синфда бўлишлари ва ҳатто бошқа гуруҳлар билан аралашмаслик учун столларида овқатланишлари керак бўлади. Синфлар орасидаги фарқни ажратиш учун баъзи мактабларда турли хил рангдаги пойабзал белгилари ҳам мавжуд.
1.4K views#Dadakhanov_, 05:35
Ochish/sharhlash
2020-08-30 02:40:53 Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal pinned a file
23:40
Ochish/sharhlash
2020-08-30 02:40:28 ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ КОНСПЕКТ ЮРИТИШИ РАСМАН БЕКОР ҚИЛИНГАН

“Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги йўриқномага қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида”ги қарор Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилган.
(3058-I-сон, 29.06.2020 й.)

Қарорга мувофиқ, умумтаълим мактаблари ўқитувчилари томонидан йиллик тақвим-мавзуий режа ҳамда кундалик дарс ишланмалари (конспект)ни юритиш бекор қилинган.

Мактаб ўқитувчилари томонидан синф журнали электрон тизим орқали ҳам юритилиши мумкинлиги белгиланган.

@Talim_Yangiliklari24
1.0K views#Dadakhanov_, edited  23:40
Ochish/sharhlash