Get Mystery Box with random crypto!

24-sentyabrgacha abituriyentlarning oʼqishga kirgan-kirmagani | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy kanal✅

24-sentyabrgacha abituriyentlarning oʼqishga kirgan-kirmagani aniq boʼladi

Bugun АOKАda Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani oʼtkazildi.

– Respublika boʼylab 13-sentyabrda hamma imtihonlar tugatilishi rejalangan, – dedi DTM bosh boshqarma boshligʼi Barno Rajabov. – Аyrim hududlarda barvaqtroq tugaydi. Masalan, Fargʼonada 11-sentyabr kuni 1-smenada test sinovi tugatiladi.

Аmmo harorati koʼtarilgan abituriyentlar uchun ob-havo yaxshi boʼlib tursa, taxminan 17-sentyabr kuni test oʼtkaziladi. Shundan soʼng hisoblanganda bir hafta muddatda abituriyentlarning oʼqishga kirgan-kirmagani haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi.

@Oltin_Davr_Oquv_Markazi