Get Mystery Box with random crypto!

Transkript berish uchun qancha vaqt ketadi? Oliygoh tomonidan | Ta'lim Live

Transkript berish uchun qancha vaqt ketadi?

Oliygoh tomonidan talabaga transkript berish bir necha kunlab davom etadigan jarayon emas.

Agarda siz tahsil olayotgan oliygoh HEMIS dasturi asosida o'qitsa, siz login parolingiz orqali hemis dasturidan transkript yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun kimgadir "sarg'ayishingiz" shart emas.

Agarda oliygohingiz Hemis dasturiga kiritilmagan bo'lsa, unda dekanat yoki o'quv bo'limidan transkript (yoxud zachotka) olishingiz mumkin. Transkript tayyorlash jarayoni uzog'i bir talaba uchun bir-ikki soat vaqt ketadigan jarayon xolos.

Bu yerda transkript beruvchi mas'ul shaxsda sizning fanlardagi baholaringiz haqida ma'lumot bo'lmasa yoki imzo qo'yuvchi mas'ul shaxslar bo'lmasa jarayon haqiqatdan cho'zilishi mumkin. Biroq bu 10 kun transkript berilishini kutishni anglatmaydi.

@Talimgaoid_Perevod

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live