Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB LUG‘ATI (hazilga o‘xshash chin) DIREKTOR -  bir qo'l | «TA‘LIM FIDOYILARI» RASMIY KANALI

MAKTAB LUG‘ATI

(hazilga o‘xshash chin)

DIREKTOR -  bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

ZAVUCH - dars o'tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

ZAM DIREKTOR -  urmaydi, so'kmaydi, ammo vaziyatga ko'ra ish tutuvchi  donolar donosi.

ХO‘JALIK MUDIRI -  yalinmay ko'rchi, ja olasan naqd pulingni.

QOROVUL -  ofarin, tinchlik posbonlari.

FARROSHLAR -  siz borsizki, maktab sarishta.

KUTUBXOHACHI  - devon bekasi.

PSIXOLOG - hali bir to'хtamga kelinmagan soha.

YETAKCHI - tekin ishchi.

O‘QITUVCHI - manaviyat va ma'rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

ISH REJA -  har yili sanasi o‘zgartirilib qog‘ozga chiqariladigan matoh.

DARS TAHLILI -  qo‘ldan-qo‘lga o'tib, oхir -oqibat yo'q bo'lib ketadigan daftar.

OCHIQ DARS  - tiyatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

DARS JADVALI  - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

USTAMA  - toshga sol, baxtingdan ko'r.

TEKSHIRUV  - nogahon tushgan tarsaki.


@TALIM_FIDOYILARI_KANALI