Get Mystery Box with random crypto!

​ 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektol | Ta'lim Bugun | Rasmiy

​ 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Bu haqda Prezidentning 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Bunda, o‘qitish davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023/2024-o‘quv yilgi qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga ma’lumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay formatda bo‘lishi, jumladan, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilandi.

https://t.me/talim_bugun
https://t.me/talim_bugun