Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadva | Ta'lim Bugun | Rasmiy

Kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali

Ma’lumki, OTMlarga kirish test sinovlarida abituriyentlarga kimyoviy elementlar davriy sistemasi beriladi. 2020-yildan boshlab abituriyentlarga fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” ham berila boshlandi.

Joriy yildan esa xalqaro standartlar o‘rganilgan holda abituriyentlarga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berilmoqda.

Lekin ayrim telegram kanallarda mazkur materiallar rasmga tushirilgan holda testlar va formulalar mashinada yetkazilmoqda degan mazmunda postlar qo‘yilmoqda.

Qayd etish kerakki, rasmdagi materiallar abituriyentlar uchun tarqatiladigan asosiy formulalar jadvali bo‘lib, unda hech qanday maxfiy ma’lumotlar mavjud emas.

Abituriyentlarning test topshiriqlari esa Davlat test markazining maxsus binosidan Davlat feldegerlik xizmati tomonidan qabul qilinib, maxfiylik ta’minlangan holda test sinovi o‘tkaziladigan joylarga yetkaziladi va qayta Davlat test markaziga olib kelinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6