Get Mystery Box with random crypto!

Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning | Ta'lim Bugun | Rasmiy

Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+LI3U6MyrXg85Y2E6