Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlanib 10-yanvarga | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Maktablarda qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlanib 10-yanvargacha davom etadi!

Hukumat qarori bilan maktabda taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx