Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryoda tibbiyot yoʻnalishida Turkiya universiteti filiali | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Sirdaryoda tibbiyot yoʻnalishida Turkiya universiteti filiali tashkil etiladi.

Maʼlumki, joriy yil soʻngiga qadar Sirdaryo viloyatidagi 6 ta tibbiyot muassasasini oʻz ichiga olgan Guliston tibbiyot klasteri toʻliq ish boshlaydi. Unga xorijiy davlatlarning eng ilgʻor klinikalari hamkor sifatida jalb qilinadi hamda murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish ishi yoʻlga qoʻyiladi.

Guliston tibbiyot kolleji negizida Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti filiali tashkil etiladi.

Filial talabalari 3 yil Oʻzbekistonda, 3 yil Turkiyada taʼlim oladi. Talabalarning 30 foiziga grant asosida oʻqish taqdim etiladi. Oʻqitish ishlari kunduzgi taʼlim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ