Get Mystery Box with random crypto!

O‘qish bo‘ldi Online (Hazil she'r) Ozib-to'zib, mehnat qilib | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O‘qish bo‘ldi Online (Hazil she'r)

Ozib-to'zib, mehnat qilib
Tayyorlandim atayin
Talabalik baxt degandim
Afsus o‘qish online.

Bilmoqchi edim domlalarim
Kursdoshlarim ko‘rayin
Kechga yaqin xabar keldi
O‘qish yana online.

Borar edim o‘qishimga
Endi qayerga borayin
Otam yerni ag'dar dedi
O‘qish yana online.

Ishlayverib keng hovlida
O‘z holimga kulayin
Talabalik, mardikorlik
O‘qish yana online.

Video bilan dars o‘tarmush
Internetdan yo‘q tayin
Jonli borib dars o‘taylik
Afsus o‘qish online.

Talabalar tarixida
Bizlar bo‘ldik betayin
Zoom orqali yig‘ilishdik
Osh pishirdik online.

Bir tomonda kursdosh qizlar
Ko‘z suzadi online
Qarab turing ko‘rishamiz
Dars bo‘lsa offline
.

G‘alatiroq bo‘ldi zamon
Qayga ham men borayin
Niyyat qildim bitirguncha

Tugab qolar online.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ