Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim sohasidagi vazirlar qurilish-ta’mirlash ishlari bilan s | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Ta’lim sohasidagi vazirlar qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanmaydi

Endi oliy ta’lim, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim vazirlari qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanmaydi. Bu vazirliklarning asosiy vazifasi yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyat berish bo‘ladi. Bu haqda prezident videoselektorida ma’lum qilindi.

«Maktab ta’limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilash zarur.

Bu borada joriy yilda darsliklarni yangilashga ajratilayotgan 600 milliard so‘mdan samarali foydalanish zarur.

Viloyat hokimlari Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birga, barcha hududlarda davlat va xususiy bog‘chalarni ko‘paytirish orqali maktabgacha ta’limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazishi kerak»
, dedi davlat rahbari.

Oliy ta’lim vaziri Toshqulov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Toshkenboyev kelgusi besh yilda kamida 10ta oliygohni nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlashi shartligi ta’kidlandi.

Viloyat hokimlari xususiy sheriklik asosida 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etishi zarur bo‘ladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ