Get Mystery Box with random crypto!

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bo | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot

(2022 yil 26 yanvar, soat 02:00 holatiga)

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30%, Xonabod 100%, Qo‘rg‘ontepa 10% mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

3. Buxoro viloyati — Qorako‘l, Qorovulbozor, Olot va Peshku tumanida 100 %, Buxoro shahar va tumani 100%, Vobkent tumani 20%, Romitan tumani 100 %, Jondor tuman 100%, Kogon tuman 100% elektr ta’minoti mavjud;

4. Jizzax viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, Gʻuzor tumani 70% i ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100%, Gʻazg‘on shahrida 100%, Karmana tumanida 100%, Navbaxor tumanida 100%, Konimex tumanida 100%, Zarafshon shahrida 100%, Uchquduq tumanida 100%, Nurota tumanida 100%, Tomdi tumani 100% va Xatirchi tumanida 100%, Qiziltepa tumani 80% elektr mavjud;

7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 60% elektr ta’minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Angor tumani 5%, Mizrobod tumani 5%, Jarqo‘rg‘on qiziriq 5%, Qiziriq tumani 5%, Sho‘rchi tumani 10%, Sherobod tumani 5%, Oltinsoy tumani 70% elektr energiyasi mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangiyer 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 60%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 19%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100% elektr energiyasi mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 80%, Zangiota tumani 25%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Yangiyo‘l tuman 5% elektr ta’minotiga ulangan;

12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 80%, Qo‘qon shahri 60%, Marg‘ilon shahar 15%, Kirgili shahri 10%, Quvasoy shahar 20%, Oltiariq tumani 15%, Qo‘shtepa tumani 25%, Bag‘dod tumani 40%, Buvayda tumani 15%, Beshariq tumani 25%, Uchko‘prik tumani 10%, Quvasoy tumani 5%, Toshloq tumani 5%, Rishton tumani 15%, O‘zbekiston tumani 25%, Farg‘ona tumani 15%, Dang‘ara tumani 30%, Yozyovon tumani 20%, So‘x tumani 100%, Furqat tumani 50% elektr ta’minotiga ulangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;

14. Toshkent shahri — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ