Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan bos | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi o‘quv yilidan boshlab «super-kontrakt»dan voz kechmoqchi

Bu haqda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Institutga moliyaviy mustaqillik berildi. Endi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘ladimi? Bu bo‘yicha qaror — 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul qilinadi. Bu yil ikkinchi semestr uchun narxlar o‘zgarmaydi.

Biz keyingi yildan boshlab super-kontraktga talaba qabul qilishdan voz kechishga harakat qilamiz. Chunki biz ta’lim sifatiga asoslangan «brend» yaratishni maqsad qilganmiz. Shu bois faqat iqtidorli va ishlab chiqaruvchilarga ma’qul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», — deya ta’kidladi rektor.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ