Get Mystery Box with random crypto!

ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI 2020-202 | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI

2020-2021-o‘quv yilida
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Do'stlarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg