Get Mystery Box with random crypto!

Qattiq qishdan oʻlmay koʻklamga chiqqan qulning boshiga endi o | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Qattiq qishdan oʻlmay koʻklamga chiqqan qulning boshiga endi oftob tek kanda, osmonni yana qora bulut qoplab kelaversa, yuraklar zada boʻladi, xotirjamlik kesiladi. Bahor havosiga ishonch yoʻq! Quyosh chiqdi degani endi harorat qayta tushmaydi, degani emas.

Roʻmol masalasi shu kunlarda yana oʻrtaga chiqdi, yana eski muammo, eski tashviqot, eski tahdidlar, qonuniy buyruqda koʻrsatilmasa - da amalga oshirilayotgan taqiqlar. Charxpalakka oʻtirib bir yuqoriga koʻtarilgach tagʻin oʻsha joyimizga qaytib kelayotgandaymizmi - a? Roʻmol oʻqishga xalaqit bermasligini minglab dalillar bilan isbotlash mumkin. Bu haqida juda koʻp yozishdi, bugun va oʻtmishdan muvaffaqiyatli taʼlim olib jamiyatga xizmat qilishda roʻmoli xalaqit bermagan necha buyuk olima-yu sportchilar nomini keltirishdi, hozir ochigʻi, qayta - qayta yoritilgan mavzu boʻlgani sababli yozishni yam ep bilmayapman.

Butun boshli katta davlatlarning rahbari roʻmolli ayol boʻlib turganda, biz hamon ularning huquqiy erkinligini cheklash bilan ovoramiz. Necha olimalarimizni ilmdan toʻsayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarimiz, media, ommaviy nashrlar esa milliy qadriyatlarimizga zid kiyimdagi yalangʻochlarni koʻrsatishda hamon cheklov qoʻyolgani yoʻq. Cheklov roʻmolli qizlarga boʻlyapti xolos.

Qishimiz bahorga doʻndi shekilli, havo goh unday, goh bunday, ammo biz hamon rahbarlardan yaxshi islohotlar umididamiz. Faqat meni bir savol qiynaydi, shu tadbirni amalga oshirayotganlar bilisharmikin: tarixdan to shu kungacha jamiyatga qaysi biri koʻproq ziyon keltirgan yalangʻochlarmi yo roʻmolilarmi?!

Hasanxo’ja Muhammad Sodiq

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg