Get Mystery Box with random crypto!

​#Professional_taʼlim MUHIM! Kollej va texnikumlarga to‘lov-k | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

​#Professional_taʼlim

MUHIM! Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.

Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg