Get Mystery Box with random crypto!

Ombusman nima derkan? “1000 soʻm bering, akajonlar” deb tanil | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Ombusman nima derkan?

“1000 soʻm bering, akajonlar” deb tanilgan bolakay haqida Twitter’da yozishlaricha, ayrimlar uning ortidan pulni qilib, bolaning oʻzini quruq tashlab ketishibdi.

Aslida, achinarlisi bu emas. Gap shundaki, shu bola keysida bolalar ombudsmani yoki boshqa biror tashkilot bu holatga e’tibor bermadi. Nega bu bola shu yoshida bunday ahvolda yuribdi? Maktabi, oʻqishi nima boʻlgan? Qancha bolalar bugun shunaqa holatda? Muammo va yechimlar nimada? Yoʻq, hech kim e’tibor qilmadi (koʻrmay qolgan boʻlsak uzr). Ammo ayrim yaramaslar boladan foydalanib, pulni ishlab oldi.

Na bolaning va unga oʻxshash bolalarning nega bunday holatda yurgani haqida rasmiylar gapirdi va na keyingi taqdiri haqida. Fojiamiz shunda.