Get Mystery Box with random crypto!

#hazil Haa... padaringga laʼnat! Eshak... Shogird ustozidan | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

#hazil

Haa... padaringga laʼnat! Eshak...

Shogird ustozidan soʻradi:
— Ustoz, nega men 12 yildan buyon oʻqishga kira olmayapman? Buning sir-sinoati nedur?
Ustoz chuqur oʻyga toldi va vazminlik bilan javob berdi:
— Boʻtam, siz tong quyoshining togʻlar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasizmi?
— Albatta, ustoz.
— Togʻdan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning soʻzlariga quloq solasizmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga toʻldirib quyilgan mayning yuzida oʻz aksingizni koʻrganda chuqur oʻyga tolasizmi? Hayotning maʼnosi haqida fikr yuritasizmi?
— Juda ham koʻp marta, ustoz.
— Oydek suluv goʻzalning koʻksiga boshingizni qoʻyib, uning har bir yurak urishida namoyon boʻlgan muhabbatni vujudingizda xis qilasizmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa... padaringga laʼnat! Eshak, vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qoʻyib, qunt bilan oʻqiganingda hozir universitetda professor boʻlib yurgan boʻlarding! Hoʻkiz!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg