Get Mystery Box with random crypto!

BILASIZMI? Aqliy qobiliyatlarga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumk | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

BILASIZMI?

Aqliy qobiliyatlarga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan odat:

Ko‘p vazifalilik. Yuzlab majburiyatlaringiz mavjud bo‘lganida ko‘p vazifalilik zarurdek bo‘lib ko‘rinadi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, u miya faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Har safar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarishga harakat qilganimizda miyamizni charchatamiz va ko‘p quvvat sarflaymiz.

Bir vaqtning o‘zida bir necha ish bilan shug‘ullanish odatidan xalos bo‘lish uchun nimani qachon bajarishni aniq chegaralab olish kerak. Bitta vazifani bajarish uchun ko‘proq vaqt sarflang va sizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan barcha narsalardan xalos bo‘ling.

Ushbu odatlarning bari beozor bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq ularga juda tez-tez berilsangiz, sizning aqliy qobiliyatingizga ta'sir qilishi mumkin. Shunday ekan, keyingi safar ana shu odatlardan birini o‘zingizda sezsangiz, ularni qanday foydali mashg‘ulotlar bilan almashtirish mumkinligi haqida o‘zingizga savol bering. Miyangiz buning uchun sizga minnatdorchilik bildiradi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg