Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar yangiliklari

Telegram kanalining logotibi talabalar_yangiliklari_2022 — Talabalar yangiliklari T
Telegram kanalining logotibi talabalar_yangiliklari_2022 — Talabalar yangiliklari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sohasiga oid eng so'nggi yangiliklar! ✨🔥
✓ Abituriyentlar
✓ Talabalar
✓ O'qituvchilar
✓ O'quvchilar
Uchun barcha so'nggi yangiliklar ushbu "Abituriyent yangiliklari" kanalida ♻️✅
murojaat uchun:
@Talabalar_yangiliklari_admin

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-13 18:48:45
Oliy ta‘lim — har yili minglab bilimsiz talabalarni yetishtirib, formani bilimdan ustun qoʻygan tizim.

Kelajakda rivojlangan davlat boʻlish-boʻlmasligimiz faqat va faqat ta‘limga bogʻliq.

Toʻliq koʻrsatuvni koʻrish!


799 views15:48
Ochish/sharhlash
2022-09-13 18:41:58
Рассом Фарруҳ ТЕШАЕВ

Talabalar tushunadi

@Talabalar_yangiliklari_2022
764 viewsedited  15:41
Ochish/sharhlash
2022-09-03 20:54:39 Aytishlaricha, Sirdaryodan Toshkentga yo'lga chiqqan Nexia avtomashinasi Jentra bilan to'qnashib daxshatli avariya sodir bo'lgan.

Nexia avtomashinasi ichida Sirdaryodan Toshkentga o'qishga ketayotgan 4 nafar talabalar bo'lgani va ular ichida qurbonlar borligi aytilmoqda.

O'qishlar boshlanmoqda. Yo'lga chiqayotgan barchani manzillariga eson-omon yetib olishlarini tilab qolamiz!

@Talabalar_yangiliklari_2022
1.5K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:41:16 Super kontraktning minimal miqdorlari e’lon qilindi

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida
tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

Avallaroq Prezident topshirig‘iga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘lgani xabar qilingandi.

@Talabalar_yangiliklari_2022
1.5K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:13:08 Rasman: Dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

@Talabalar_yangiliklari_2022
1.9K views04:13
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:01:58 - Shuuuuuv
- Voy o'liy, nima o'tib ketdi?
- Yoz)


Hello September

@Tushganlari_2022_Imtixon_DTM
1.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:08:19 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,2 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari1,9 ming nafar;
Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar379 nafar.

Ulashing
@Tushganlari_2022_Imtixon_DTM
1.3K views01:08
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:17:14 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

@Talabalar_yangiliklari_2022
1.2K viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:33:26 #Qabul2022
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda javob olish uchun viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, Davlat test markaziga murojaat qilmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Davlat test markazining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlarimiz tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar berilmoqda.

Shu sababli Toshkent shahriga kelmasdan o‘z yashash hududingizdagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga murojaat qilgan holda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Davlat test markazining hududiy bo‘limlari: https://dtm.uz/page/representatives

Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.


@Talabalar_yangiliklari_2022
1.1K views08:33
Ochish/sharhlash
2022-08-30 06:58:25 ​​O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Yo‘q, o‘qiy olmaydi. Agar abituriyent beshta yo‘nalishdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bo‘lsa, unda boshqa yo‘nalishlarda super-kontrakt qilolmaydi. Faqat beshala yo‘nalishdan birortasiga kira olmaganlargina super-kontraktda o‘qiy oladi.

Sirtqi va kechkida ham super-kontrakt bormi?

Bor. O‘tgan yili ham bo‘lgan, bu yil ham bo‘ladi.

Talabalar safiga qoʻshiling

@Talabalar_yangiliklari_2022
1.1K viewsedited  03:58
Ochish/sharhlash