Get Mystery Box with random crypto!

8 nafar o‘quvchi-qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan  t | Ta'lim tizimi

8 nafar o‘quvchi-qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan  taqdirlandi

Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, iqtidorli, turli sohalarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida tahsil olayotgan 8 nafar maktab o‘quvchisi hamda bir nafar maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi ham mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi. Mukofot sohibalari bilan tanishing:

Samandarova Barno Tozaboy qizi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

To‘rayeva Maʼmura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha qizlarni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi!

@Talabalar_Talim