Get Mystery Box with random crypto!

Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanad | Talabalar Talabi ️

Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanadi!

Samarqandga o‘qishga kirgan abituriyentlar ham o‘qishni 26-sentyabrdan boshlashadi!

Joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT (Shanxay xamkorlik tashkiloti) ning navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTM laridan istisno tarzida o‘qishni sentyabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 26-sentyabrdan) boshlaydi.

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentyabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Samarqand shahridagi maktablarda o'quv jarayoni 19-sentyabr sanasidan boshlanadi.

Bizga qoʻshiling
@Talabalar_Talabi