Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Studentlar

Telegram kanalining logotibi talabalar_studentlar — Talabalar Studentlar T
Telegram kanalining logotibi talabalar_studentlar — Talabalar Studentlar
Kanal manzili: @talabalar_studentlar
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 242
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun @Mandatchi_Admin

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:02:54
Mandat kutayotganlardan kimlar ko'proq?
Anonymous Poll
64%
36%
2.2K voters2.3K views18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:02:54
No comment....

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
2.3K views18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:02:54 Domla va talaba sessiyada:

Domla:
Samalyotda 300 g'isht bor edi. Bittasi tushib ketdi. Nechta qoldi?
Talaba: Albatta 299 qoladi.
Domla: Ha to'g'ri. Tuyani 3 ta xarakat bilan muzlatkichga qanaqilib joylimiz?
Talaba: Birinchi muzlatkichni ochamiz, tuyani joylimiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Sigirni 4 ta xarakat bilan qanaqilib muzlatkichga joylaymiz?
Talaba: Birinchi muzlatkich eshigini ochamiz, tuyani chiqazamiz, sigirni joylaymiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Keyingi savol: o'rmon qiroli sher tug'ulgan kun o'tkazdi. Hamma hayvon bordi yu bittasi bormadi. U qaysi hayvon? Talaba: Albatta sigir borolmadi. Chunki, u muzlatkichda.
Domla: Ha buyam to'g'ri. Chol timsoxli ko'ldan suzib o'ta oladimi?
Talaba: Ha o'ta oladi. Chunki tumsoxlar sherni tug'ilgan kunida ku.
Domla: Ha bunisi ham to'g'ri. Lekin chol suzib o'tolmay cho'kib o'ldi. Nega?
Talaba: Qariganligi uchun yarmida charchab qolib cho'kib ketgan.
Domla: Yo'q topolmading. Cholni boshiga samalyotdan tushgan g'isht tushib o'ldi. Bor qayta topshirasan sessiyadan o'ta olmading.

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
2.1K views18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:28:40
Biz mandat qachon chiqishini bilib oldik!

Hamma aniq sanani bilib olsin. Siz ham bu xabarni mandat qachon deb savol berayotganlarga yuboring. Kepkasidagi logotip tufayli DTM xodimi ekani iddao qilingan insayderimiz buni ma'lum qildi.

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
1.9K views16:28
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:00:10 #longread
#hikoya
@Talabalar_Studentlar

TILINGNI TIY!

* * *
@Talabalar_Studentlar

U 1915-yili tugʻildi. Uyida yigʻlagani qoʻyishmadi. Onasi qoʻlini bigiz qilib tahdid qildi:
— Ovozingni oʻchir!
Kulish ham, yigʻlash ham mumkin emasdi. Otasi ham zugʻum qilardi:
— Jim boʻl!
Agar uyda mehmonlar boʻlsa, uni ogohlantirishardi:
— Jimgina oʻtir, shovqin solma!
Agar onasi uyda yolgʻiz qolsa, qulogʻiga quyardi:
— Baqirma, bir pasgina tinchlik boʻlsin!
Shu tariqa u yetti yoshga toʻldi.

* * *
@Talabalar_Studentlar

U maktabga qatnay boshladi. Dars paytida endi ogʻiz ochgan ham ediki muallim oʻshqirib qoldi:
— Gaplashma!
Uni doskaga chaqirishganda doimo uqtirishardi:
— Sendan nimani soʻrashsa, faqat shu haqda gapir. Ortiqcha javrama.
Shu tariqa oʻn ikki yoshga toʻldi.

* * *
@Talabalar_Studentlar

U oʻrta maktabga qatnay boshladi. Endi gapirmoqchi edi, ogʻziga urishdi:
— Sendan soʻrashayotgani yoʻq.
Direktor unga “ Tilni tiygan boy boʻlar” degan maqolni eslatib qoʻydi.
Turk tili muallimi shunday dedi:
— Ikki marta eshitib, bir marta gapir. Odamning ikkita qulogʻi, bitta ogʻzi bor.
— Jim boʻl!
— Ovozingni oʻchir!
— Javrama!
Shu tariqa oʻn besh yoshga toʻlib qoldi.

* * *
@Talabalar_Studentlar

U litseyga qatnay boshladi. Birinchi eshitgan gapi shu boʻldi:
— Gapirgandan koʻra jim oʻtirgan yaxshi!
— Koʻp javrama!
— Ogʻzingni yum!
— Jim boʻl!
Shu tariqa oʻn toʻqqiz yoshga toʻldi.

* * *
@Talabalar_Studentlar

U universitetga oʻqishga kirdi. Uyda shunday nasihat qilishdi:
— Kattalar gapirganda kichiklar jimgina quloq soladilar.
Onasi tayinladi:
— Soʻz – kattadan, suv – kichikdan.
Professor bir kuni shunday dedi:
— Tilingni tiyib yur!
Shu tariqa yigirma uch yoshga toʻldi.
Harbiy xizmatga chaqirildi. Boʻlinma komandiri buyurdi:
— Jim boʻl, itvachcha!
Serjant :
— Javrashni bas qil!
Kapitan:
— Ogʻzingni ochma!

* * *
@Talabalar_Studentlar

Uni mirshabxonaga chaqirishdi:
— Sendan soʻralayotgani yoʻq!
Komissar doʻq urdi:
— Jim!

* * *
@Talabalar_Studentlar

U ishga kirdi. Oʻrtoqlari barmoqlarini ogʻziga bosib shivirlashdi:
— Tss!
— Xudo haqqi, ogʻzingni yum! Boshingga bir baloni orttirib olma. Ehtiyot boʻl!
Boshliqlar ogohlantirib qoʻydi:
— Har narsaga burningni tiqma!
— Buning senga dahli yoʻq!
— Nima ishing bor?
— Aralashma!

* * *

@Talabalar_Studentlar

Uylandi. Xotini tayinladi:
— Sendan iltimos, har baloga burningni suqma!
Farzandlar tugʻilib, voyaga yetishdi. Ular aytishdi:
— Ota, bu ishga aqling yetmaydi. Aralashib oʻtirma!

* * *
@Talabalar_Studentlar

Bu odam – qisman men, qisman siz, qisman hammamiz!
Rivoyat qilishlaricha, oʻtmishda xotinlar pishirayotgan ovqatiga erkaklarning tilini qirqib qoʻyadigan bir ogʻu qoʻshib qoʻyarmish. Bizning yemishimizga ham shunaqa ogʻu qoʻshilganga oʻxshaydi. Bir qarab koʻringchi, tilingiz bormikin? Biz tilimizni yutib qoʻyganmiz! Ogʻzimiz boru ammo tilimiz yoʻq.

* * *
@Talabalar_Studentlar

Mana endi oʻsha qisman menga, qisman sizga oʻxshaydigan odam soʻz erkinligini talab qilib yuribdi. Uning gapirgisi kelyapti.
Ammo unga buyurilyapti:
— Tilingni tiy!
Mening unga shunday degim keladi:
— Gapir! Gapir! Gapirsang-chi! Ammo nima deysan? Qanday gapirasan? Tilimiz bormi oʻzi?..


AZIZ NESIN ( Shodmon Otabek tarjimasi)

@Talabalar_Studentlar

@mandatlar_2022_bot
1.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:00:10 Yangi boylardan biri avtomobil do‘koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo‘r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan buni?!
— O‘tiring marhamat, ko‘rsataman.
Sotuvchi rulga o‘tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to‘xtat, axir daraxt turibdi ro‘parada, -deb baqiribdi yangi boy.
— Havotir olmang, ko‘zingizni yuming, hozir fokus ko‘rasiz, -debdi-da, boy ko‘zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o‘tibdi.
— Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi.
Uyga kelgach, barchaga fokus ko‘rsatmoqchi bo‘lib, avtomobilga o‘tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko‘zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o‘tib ketamiz, bu fokus, -debdi.
Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo‘rg‘a ovozi eshitilibdi:
— Ming la’nat, qaysi biring ko‘zingni yummaganding?!

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
1.3K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:33:10 Arxivdagi Audio

Mandatni tezroq chiqarmasangiz, mol-qo‘ylari och qolib ketibdi

Kayfiyatni ko‘taramiz, tez orada Mandat ham chiqib qoladi.

Mandatni kutayotgan abituriyentlarga
Sabr tilaymiz

Ha aytgancha, mandatingizni shu botdan ko‘rib oling
@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
1.2K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:33:10
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari ertaga, 27-avgust kuni e’lon qilinishi
kutilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha natijala oʻtgan yilgidek, quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinishi mumkin (orada 1-2 soat farq boʻlmasa):

15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.


Barcha abituriyentlarni xabardor qilish esingizdan chiqmasin!

Davlat Test Markazi

Mandat eng birinchilardan boʻlib
@mandatlar_2022_bot da e'lon qilinadi!
1.1K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:33:10 Asl maʼnosi boshqa yolgʻon soʻzlar...
@mandatlar_2022_bot

Men hech kimga kerakmasman” deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz boʻlsak...

“Oʻzim uddalayman” deymiz, yordam soʻragani tortinganimizda...

“Hech nima kerakmas” deymiz, xohlagan narsamizga erisha olmaganimizda...

„Oʻzim, shunchaki” deymiz, jiddiy gaplashish vaqti yetganida...

“Hechqisi yoʻq” deymiz, qalbimiz ozordan zirqirab turganda...

„Senga ishonaman!” deymiz, oʻyin boʻlib qolishdan choʻchisak...

“Hammasi joyida” deymiz, hammasi ostin-ustun boʻlib ketganida...

„Hech gap yoʻq” deymiz, ichimizda dard toʻlib ketganida...

“Tinch qoʻy” deymiz, uni yoʻqotishdan qoʻrqib...

„Hayot – goʻzal” deymiz, dunyo koʻzimizga qorongʻu koʻringanda...

“Seni unutganman” deymiz, surʼatlariga termulib oʻtirib...

„Boshqa yashashni istamayman” deymiz, bizni fikrimizdan qaytarishga urinishlarini istab...

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
984 views13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:50:19 Ozgina ingliz tili o‘rganamiz

Bad words - yomon so‘zlar


1. Keep your tongue - tilingni tiy
2. Take it or leave it - yoki ha yoki yo'q
3. Don't pull my leg - quloqqa tepma
4. By way of addition - qo'shimcha qilib aytganda
5. In a nut shell - lo‘nda qilib aytganda
6. How come - bu qanday bo'ldi
7. Take it easy - e'tibor berma
8. Don't screw around - kalaka qilma
9. Bless you - sog' bo'ling
10. Got it? - tushunarlimi?
11. It's piece of cake - oson ish-ku
12. Mind your own business - o'zingni ishingni qil
13. Go jump in the river - toshingni ter
14. Go easy (calm down) - o'zingni bos
15. I'll have your hide - po'stingni shilaman
16. Scoundrel - yaramas


@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
1.2K views09:50
Ochish/sharhlash