Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda chekka hududda yashovchi yoshlar uchun onlayn ma | Talabalar ™ | Rasmiy Kanal

O‘zbekistonda chekka hududda yashovchi yoshlar uchun onlayn maktab tashkil etildi

"Mirzo Ulug‘bek" onlayn maktabi tog‘li va chekka hududlarda yashovchi o‘quvchilarning yaxshiroq ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan. Hozircha bu onlayn maktabda Jizzax, Samarqand va Surxondaryoning olis hududdagi 3 ta maktabi o‘quvchilari matematika va ingliz tilidan qo‘shimcha ta’lim oladi.

Loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan so‘ng Respublikaning boshqa tog‘li va chekka hududlaridagi ta’lim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Faqat savolli jihat: tog‘li va chekka hududdagi yoshlar darslarda onlayn qatnashishi uchun internet sifati talabga javob berarmikin? Dars payti chiroq o‘chib qolmasligiga-chi?

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal