Get Mystery Box with random crypto!

“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... Salom Ota, qalaysiz, | 🎓 Talabalar | Abituriyentlar kanali Bilim va malaka baholash agentligi 2023

“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r...

Salom Ota, qalaysiz,
Kunimga siz yaraysiz,
Nega unday qaraysiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Darsda hayol suraman,
Ijarada turaman,
Sizni yaxshi ko'raman,
Kontrakt oshib ketdi...

Rosti, aytmadim qo'shib,
Yig'lagim kelar jo'shib,
Stipendiya tushib,
Kontrakt oshib ketdi...

"O’qish" deya chopgandik,
Oxir kamol topgandik,
Yozda beshga yopgandik,
Kontrakt oshib ketdi.

Kunimiz  o'tar arang,
Asablar bo'lar tarang,
Holimizga bir qarang,
Kontrakt oshib ketdi...

Byudjet edi zo'rimiz,
Shunga edi to'rimiz,
Qurib qopdi sho'rimiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Ota, o'yga botasizov,
Novvasni ham sotasizov,
Yoki qarzga botasizov,
Kontrakt oshib ketdi...

Navro'z ZIYO

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )


Barcha yaqinlarga ulashing!!!

Istagan kino, filmni topib beruvchi bot
@Finder_movies_netflixbot

Talabalarga ulashing
https://t.me/+sVAk_Y_0Ttw4N2Ri