Get Mystery Box with random crypto!

'OTLARNING SIFATGA O‘XSHAB ISHLATILISHI' 1. Ingliz tilida ko‘ | 🎓 T A L A B A L A R 🎓

"OTLARNING SIFATGA O‘XSHAB ISHLATILISHI"

1. Ingliz tilida ko‘pgina otlar sifat vazifasida ishlatilib boshqa otlarning oldidan kelishi mumkin: a wool coat, a gold watch, a history teacher.

2. Yuqoridagi misollarda birinchi ot sifatlarga o‘xshab orqasidan kelayotgan otni tasvirlab kelayapti.

3. Sifat vazifasida kelgan otlar ko‘plikdagi otni tasvirlasa ham har doim birlikda ishlatiladi. Sifat vazifasida kelgan ot bilan uning oldidan kelgan son orasida doimo chiziqcha qo‘yiladi:

We took a five-week tour.
- Biz besh haftali sayohatda bo‘ldik.

He has a two-year subscription to that magazine.
- U o‘sha jurnalga ikki yillik obuna bo‘lgan.

That student wrote a ten-page report.
- O‘sha talaba o‘n betli ma’ruza yozdi.

These are twenty-dollar shoes.
- Bular yigirma dollarli tuflilar.

Enoughning sifatlar, ravishlar va otlar bilan ishlatilishi.

 Enough so‘zi sifat va ravishlarni aniqlab kelganda ularning orqasidan
keladi:

adjective
                + enough
adverb 

It is not cold enough to wear a heavy jacket.
- Qalin jaketni kiyishga hali yetarlicha sovuq emas.

She speaks Spanish well enough to be an interpreter.
- U tarjimon bo‘lish uchun ispan tilini yetarlicha yaxshi biladi.

Enough otlarni aniqlash uchun ularning oldidan keladi:

Do you have enough sugar for the cake?
- Pirog uchun yetarli shakaringiz bormi?

Jake bought enough red paint to paint the barn.
- Jeyk og‘ilni bo‘yash uchun yetarli qizil bo‘yoq sotib oldi.

He does not have enough money to attend the concert.
- Uning konsertga kirish uchun yetarli puli yo‘q.

Enough sifati otdan oldin ham keyin ham qo‘yilishi mumkin:

We have enough time. = We have time enough.

https://t.me/Talabalar_Kitoblar_Motivatsiya