Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford univer | Talabalar
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.
O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.
Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.
Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!. • Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling. Reklama xizmati:👉 https://t.me/rek_info. Loyihamiz:👉 @Oliygoxlar_Bot...