Get Mystery Box with random crypto!

​ Eh talaba, talaba... Qoʻlda eski diplomat, Turar tikka sa | Talabalar

​ Eh talaba, talaba...

Qoʻlda eski diplomat,
Turar tikka sarvqomat,
Unga kulgani omad,
Eh talaba, talaba.

Yilda bir bor kiyinar,
Ozgʻinligi bilinar,
Domlalarga ilinar,
Eh talaba, talaba.

Toʻyib yemaydi ovqat,
Qoldi suyagi faqat,
Kun-u tun o‘qir “doklat”,
Eh talaba, talaba.

Imtixonga oz qoldi,
Boshga ne kunlar soldi,
Domla jonimiz oldi,
Eh talaba, talaba...

Yurar baho ololmay,
Choʻntakka pul sololmay,
Darslariga qololmay,
Eh talaba, talaba.

Yotoqxona manzili,
Charchab osilar tili,
Baʼzan oʻksinar dili,
Eh talaba, talaba.

Kitoblari hayoti,
Sessiyadir mamoti,
Kim ham eshitar dodi?
Eh talaba, talaba.

Uy qidirib sargardon,
Yoqtirgan soʻzi arzon,
Buzilgandir oshqozon,
Eh talaba , talaba,

Gemoglabin tushmoqda,
Boshidan xush uchmoqda,
Uni sinov quchmoqda,
Eh talaba, talaba.

Bizni kutar kelajak,
Kulib boqar gʻalaba.
Ilmimiz boʻlar tirgak,
Biz talaba, talaba.

Budir omad, bu oq yoʻl,
Boshimizdan yogʻsin doʻl,
Maqsadga beraylik qoʻl,
Biz talaba, talaba.

(Hazil sheʼr)

Davomi bor....

@Talabalar_KanaliUz