Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: kontrakt qog'ozi berilishi boshlandi kontrakt.edu.uz | Talabalar

Rasman: kontrakt qog'ozi berilishi boshlandi

kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

@Talabalar_Kanaliuz