Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturaga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab O | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Magistraturaga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan

Oliy ta’lim vazirligi hisobotiga ko‘ra, 2021-yildan davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun chet tili sertifikatining majburiy qilib qo‘yilishi kvotalarning ochiq qolishiga, oqibatda moliyaviy mustaqil OTMlarning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan.

Talab o‘rnatilishi natijasida o‘tgan yillar davomida ayrim mutaxassisliklarda qabul kvotalari ochiq qolmoqda. 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Ochiq qolgan kvotalar sabab OTMlar 2021-yilda 18,6 mlrd so‘m, 2022-yilda 101,8 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 85,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Hisobotda talabalar ham sertifikat olish uchun pul to‘lab zarar ko‘rgani aytilgan.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy